73
ЎЗБЕК
OGOHLANTIRISh
Elektr tokining zarbasi bilan shikastlanish
Mikroto’lqinli pechning elektr sxemasining elementlariga tegish jiddiy shikastlanishlarga
va elektr tokining zarbasi tufayli shikatlanishga olib kelishi mumkin. Mikroto’lqinli pechni
mustaqil holda qismlarga ajratmang.
Mikroto’lqinli pechni yerga tutashtirish
Mikroto’lqinli pech yerga ishonchli tutashtirilgan bo’lishi lozim. Biror-bir qisqatutashuv
bo’lganda yerga tushatirilganligi elektr tokining zarbasi xavfi ni kamaytiradi, chunki yerga
tutashtiruvchi sim orqali tok yerga ketadi.
Buyumda yerga tutashtiruvchi simi bo’lgan tarmoq kabeli va yerga tutashuv kontakti
bo’lgan tarmoq vilkasi ishlatiladi. Tarmoq vilkasi yerga tutashuv kontakti bo’lgan rozetkaga
ulanishi lozim.
OGOHLANTIRISh: yerga tutashuv kontakti bo’lmagan rozetkaga ulangan, yerga tutashuv
kontakti bo’lgan tarmoq vilkasidan foydalanish elektr toki zarbasining xavfi ga olib kelishi
mumkin.
Agar sizga yerga tutashtirish yuzasidan yo’riqnomalar tushunarli bo’lmasa yoki
mikroto’lqinli pechni yerga ishonchli tutashtirishda gumonlaringiz bo’lsa malakali elektrik
mutaxassis bilan maslahatlashing.
• Tarmoqli kabelning o’ralib qolishining oldini olish maqsadida mikroto’lqinli pech qisqa
tarmoq kabeli bilan jihozlangan.
• Uzaytirgichdan foydalanish zarur bo’lganda faqat yerga tutashuv kontakti bo’lgan
tarmoq vilkasi va rozetkasi bo’lgan uch simli uzaytirgichdan foydalaning.
• Mikroto’lqinli pechning tarmoq kabelidagi simlarning tamg’alanishi va uzaytirgichning
simidagi tamg’alanish mos kelishi lozim.
• Uzaytirgichning tarmoq kabeli u stolning chetidan osilib tushmaydigan holda, undan
bolalar tortishi mumkin bo’lmagan joyda o’tkazilishi lozim, shuningdek kabelning ustidan
yurish imkoniyatini istisno etish lozim.
Mikroto’lqinli pech uchun idishlar
EHTIYoT BO’LING!
• Mikroto’lqinli pechgajoylashtirilgan zich yopilgan idishlar portlashdan xavfl i bo’lishi
mumkin.
• Yopilgan idishlar ochilgan bo’lishi lozim, plastik paketlarda esa ularni mikroto’lqinli
pechga solishdan avval bug’ning ichqishi uchun bir nechta teshik qilish kerak.
• Agar sizda idishlarni mikroto’lqinli pechda foydalanish yuzasilan shubhalar yuzaga
keladigan bo’lsa, uni tekshirishdan o’tkazing.
Mikroto’lqinli pechda foydalanishdan avval idishlarni tekshirish
• Tekshiriladigan idishni (masalan, tarelkani) pechning ish kamerasiga o’rnating, ustiga
sovuq suvli shisha stakanni qo’ying.
• Mikroto’lqinli pechni maksimal quvvatiga yoqing va ishlash vaqtini ko’pi bilan 30 soniya
qilib belgilang.
• Tekshirilayotgan idishga ehtiyot bo’lib tegib ko’ring, agar u isigan bo’lsa, stakandagi suv
esa sovuq bo’lsa, bunday idishdan mikroto’lqinli pechda mahsulotlarni tayyorlash uchun
foydalanish mumkin emas.
• Tekshirish vaqtining 1 minutdan oshib ketishiga yo’l qo’ymang.
73
1682.indd 73
1682.indd 73
09.04.2010 14:23:41
09.04.2010 14:23:41
Downloaded From Microwave-Manual.com Manuals