O'zbek
706
Quloqlikdan foydalanayotganda, quloqlaringizni va eshitish
qobiliyatingizni himoya qiling
•
Juda baland ovozda tinglash eshitish qobiliyatingizga
zarar yetkazishi mumkin.
•
Piyoda yurish vaqtida baland ovozda musiqa tinglash,
diqqatingizni olishi va yo‘l transport hodisasiga sabab
bo‘lishi mumkin.
•
Quloqlikni audio qurilmaga ulashdan oldin har doim ovozni pasaytiring
hamda suhbat yoki musiqa tinglayotganda o‘zingizga kerakli bo‘lgan
minimal ovoz balandligidan foydalaning.
•
Quruq joylarda, quloqlikda statik elektr quvvati yig‘ilishi mumkin.
Quloqlikni quruq joylarda foydalanmang yoki statik elektr quvvatini
yo‘q qilish uchun quloqlikni qurilmaga ulashdan oldin metal obyektni
ushlang.
•
Transportni boshqarayotganda quloqlikdan foydalanmang. Bunday
qilish Sizning fikringizni chalg‘itadi va yo‘l transport hodisasida sabab
bo‘lishi va hududingiz qonunlariga ko‘ra qonunbuzarlik sifatida
belgilanishi mumkin.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik bilan
foydalaning
•
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim
atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.
•
Quloqlik kabeli qo‘lingizda yoki yaqin-atrofdagi predmetlarga o‘ralib
qolmaganligiga ishonch hosil qiling.
Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar yopishtirmang
•
Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib
qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
•
Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz
bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi
mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni
to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi
mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish
Markaziga olib boring.