- O’zbek 343 -
5
Aralashtirishni tugatgandan keyin aralashtirish tugmasini qo’yib yuboring.
6
Jihozni tarmoqdan uzing.
7
Pichoq blokini olib tashlang. Pichoq blokini olib tashlashda ehtiyot bo’ling, u issiq
bo’lishi mumkin. Aralashtirilgan ozuqani chiqarib oling. Agar kerak bo’lsa, jihoz
bilan taqdim etilgan kurakchadan foydalaning.
Bug’lamasdan aralashtirish
Bu jihoz quyidagi maqsadlarga mo’ljallangan.
-
Bug’langan va pishirilgan masalliqlardan pyure hosil qilish
-
Suyuqliklar va mevalarni aralashtirish
Diqqat
•
Bu jihoz qattiq masalliqlar, masalan, muz kubiklar va qandlar yoki pishloq kabi
yopishqoq masalliqlarni kesish uchun mo’ljallanmagan.
•
Agar siz idishga suyuqlik qo’shgan bo’lsangiz, idishni bug’lash o’rniga qo’ymang,
chunki suyuqlik elak orqali o’tib ketadi.
Eslatma
•
Masalliqlarni suyuqliklar bilan aralashtirishda bankani unda ko’rsatilgan
MAX
to’ldirish miqdoridan ko’proq to’ldirib yubormang.
•
Masalliqlarni qo’shganda pichoq blokidagi plastik qismning yuqori qirrasigacha
to’ldirmang.
•
Hech qachon aralashtirilgan ozuqa solingan idishni asosiy blokdagi bug’lash o’rniga
qo’ymang.
•
Agar masalliqlar idish devoriga yopishsa yoki aralashtirilgan masalliqlar hali ham juda
qattiq bo’lsa, aralashtirish tugmasini qo’yib yuboring, asosiy blokdan idishni chiqarib oling
hamda kurakcha bilan masalliqlarni aralashtiring yoki aralashtirilgan ozuqa go’dagingiz
yoshiga mos keladigan darajada suyuq yoki quyuq bo’lishi uchun oz miqdorida suyuqlik
(masalan, ichimlik suvi) qo’shing. Idishga suyuqlik qo’shishda bankani unda ko’rsatilgan
MAX
to’ldirish miqdoridan ko’proq to’ldirib yubormang.
•
Aralashtirilgan go’daklar taomini berishdan oldin to’g’ri quyuqlikdaligini tekshiring.
Turli yoshdagi bolalar uchun ozuqa qay darajada quyuq-suyuq bo’lishi haqida
maʼlumot olish uchun ushbu jihoz bilan birga taqdim etilgan go’dakni sutdan ajratish
bo’yicha professional maslahatlarga murojaat qiling yoki shifokor yoki maslahatchi
bilan maslahatlashing.
•
Bir paytning o’zida ko’p miqdordagi qattiq masalliqlarga ishlov bermang. Yaxshiroq
aralashma olish uchun bu masalliqlani kichik qismlarga bo’lib ishlov bering.
Содержание AVENT SCF883
Страница 1: ...SCF883 SCF885 ...
Страница 10: ... English 8 General description C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 44: ... Azərbaycan 42 Ümumi təsvir C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 79: ... Հայերեն 77 Ընդհանուր նկարագրություն C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 118: ... ქართული 116 ზოგადი აღწერა C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 156: ... Қазақша 154 Жалпы сипаттама C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 192: ... Кыргызча 190 Жалпы сүрөттөлүшү C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 229: ... Русский 227 Общее описание C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 267: ... Тоҷикӣ 265 Шарҳи умумӣ C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 302: ... Türkmençe 300 Umumy beýany C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 336: ... O zbek 334 Umumiy tavsif C B A E D F G H I J M N O P Q R S X Y Z T V W U K L ...
Страница 363: ... 2022 Koninklijke Philips N V All rights reserved 12 04 2022 ...