31
Ishlatish
O
ʻ
ZBEK
CHA
5
Suv taqsimlagichini sovutgich tokchasiga qayta
joylashtiring.
OGOHLANTIRISH
• Faqat muz idish yoki suv chiqarish
uskunasinigina ichimlik suvi bilan to‘ldiring.
• Suv bakini suvdan boshqa ichimlik yoki issiq suv
bilan to‘ldirmang.
DIQQAT
• Suv dispenseri bakini chiqarish yoki o‘rnatish
paytida ortiqcha kuch ishlatmang yoki zarba
bermang. Buning natijasida jihozga shikast
yetishi yoki jarohat olish mumkin.
• Bolalarga taqsimlagich bakiga yaqin kelishlariga
ruxsat berilmasligi kerak.
Izoh
• Jihozni o‘rnatgandan keyin suv dispenseri bakini
ishlatishdan oldin yuvib tashlash lozim.
• Suv dispenseri baki jihozga to‘g‘ri o‘rnatilganini
tekshiring. Agar to‘g‘ri o‘rnatilmagan bo‘lsa,
bakdan jihozga suv oqib tushishi mumkin.
• Agar suv taqsimlagich bakida yetarli miqdorda
suv bo‘lmasa, bu muz kubchasining o‘lchami va
sifatiga ta’sir qilishi va muz tayyorlanmasligiga
olib kelishi mumkin.
• Suv dispenseri bakida suv yo‘q bo‘lsa,
dispenserning sovuq suv va muz taqsimlash
funksiyasini ishlatib bo‘lmaydi. Suv dispenseri
bakida suv borligini tekshiring, agar yo‘q bo‘lsa,
suv quying.
• Taqsimlagichdagi suv yoki muz taqsimlanib
bo‘lganidan keyin suv bakini chiqarib olishdan
avval kamida 15 soniya kuting.
• Taqsimlagich va Avtomatik muz tayyorlagichga
suv yetkazib berilayotganida suv bakidan normal
tovush chiqadi. Bu nosozlikdan dalolat
bermaydi.
Avtomatik muz
tayyorlagich
Bu xususiyat faqat ayrim modellarda mavjud.
Xarid qilingan modelga bog‘liq ravishda bu
xususiyat farq qilishi mumkin.
Xona ichidagi muz
tayyorlagichdan
foydalanishdan avval
• Odatda, jihoz o‘rnatilgandan so‘ng, taxminan 48
soat o‘tganidan keyin muz tayyorlagich muz
ishlab chiqaradi.
• Muz chelagi muzga to‘lganida muz hosil qilish
to‘xtatiladi.
• Muz chelagiga muz tushganida tovush chiqishi
oddiy hol hisoblanadi.
• Agar muz kubchalari muz chelagida uzoq vaqt
saqlansa, ular bir-birlariga yopishib qolishlari va
ularni osongina ajratib bo‘lmaslik mumkin.
Bunday hollarda muz chelagini bo‘shating va
yangi muz tayyorlang.
DIQQAT
• Suv filtri almashtirilganidan keyin sutsimon yoki
bulutsimon suv chiqishi oddiy hol hisoblanadi.
Suvdagi bu havo asta-sekin tozalanadi va suvni
ichish mumkin.
• Taqsimlangan dastlabki suv va muz tarkibida suv
ta’minot liniyasidan yoki suv bakidan kelgan
zarrachalar yoki hid mavjud bo‘lishi mumkin.
• Agar rangsizlangan muz hosil qilinsa, manbasini
aniqlash uchun suv baki va suv ta’minotini
tekshiring. Agar muammoni bartaraf qilib
bo‘lmasa, LG Electronics mijozlarga ma’lumotlar
berish markaziga murojaat qiling. Muammo
bartaraf qilinmagunicha muz yoki suvdan
foydalanmang.
• Muz chiqarish teshigi yoki avtomatik muz
tayyorlagichga qo‘lingiz yoki asboblar bilan
tegmang.
uz_main.book.book Page 31 Monday, August 23, 2021 4:15 PM
Содержание GC-L257CBEC
Страница 50: ...Memo global_main book book Page 50 Monday August 23 2021 4 11 PM ...
Страница 107: ...АҚАУЛАРДЫ ЖОЮ Қызмет көрсетуге шақырмастан бұрын 46 kk_main book book Page 3 Monday August 23 2021 4 19 PM ...
Страница 158: ...Еске салу kk_main book book Page 54 Monday August 23 2021 4 19 PM ...
Страница 209: ...Izoh uz_main book book Page 51 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Страница 210: ...Izoh uz_main book book Page 52 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Страница 211: ...Izoh uz_main book book Page 53 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Страница 212: ...ru_main book book Page 55 Monday August 23 2021 4 22 PM ...