29
ЎЗБЕК
(4), (10), (13), va idishlarini (6, 9) neytral
yuvish vositasi bo’lgan iliq suv bilan yuving
va ularni puxta quritib oling. Motorli blokni (3)
tashqaridan yumshoq, sal nam mato bilan
arting.
• Motor blokini (3), venchik reduktorini (12),
reduktorni (14), asbobning tarmoq vilkasini
va simini suvga yoki boshqa har qanday
suyuqliklarga botirish taqiqlanadi.
•
Blenderning yechib olinadigan qismlarini idish
yuvish mashinasiga solmang.
BLENDERDAN FOYDALANISH
OGOHLANTIRISH:
yig’ishdan avval tarmoq
simining vilkasi rozetkaga kiritilmaganligiga
ishonch hosil qiling.
• Yechib olinadigan uchlikni (4) motorli blokka
(3) kiriting, va uni soat mili yo’nalishida
oxirigacha burang.
• Tarmoq vilkasini rozetkaga kiriting. Blender
foydalanish uchun tayyor.
• Blenderning uchligini (4) siz aralashtirishingiz
yoki maydalashingiz kerak bo’lgan mahsulotlar
solingan idishga botiring yoki maxsus idishdan
(6) foydalaning.
• Idish bilan ishlaganda (6) doimo idishning (6)
qopqog’i sifatida ham ishlatish mumkin bo’lgan
sirg’alishga qarshi taglikdan (5) foydalaning.
Eslatma:
Mahsulotlar idishga yoki maxsus
idishga asbob yoqilishdan avval joylashtiriladi.
Aralashtirish uchun idishni (6) ortiqcha to’latib
yubormang.
Aralashtirish jarayonini boshlashdan avval
mevalardan po’stlog’ini tozalash, danaklar kabi
yeyilmaydigan qismlarini olib tashlash, mevalarni
2,5 sm
ga yaqin kattalikdagi bo’lakchalarga
to’g’rash tavsiya etiladi
.
• Tezlikni sozlash dastagi bilan (1) ishlashning
kerakli tezligini belgilang.
• Blenderni yoqish uchun tugmani (2) bosing va
ushlab turing.
• Moslamadan foydalanishni tugatganingizdan
keyin tarmoq vilkasini rozetkadan chiqarib
oling, uchlikni (4) soat miliga qarshi
yo’nalishda burab, uni yechib oling.
• Blenderning ishlash paytida uchlikni (4) yechib
olish taqiqlanadi.
• Pichoq tig’lariga shikast yetkazmaslik uchun
muz, muzlatilgan mahsulotlar, yormalar,
guruch, ziravorlar va qahva kabi o’ta qattiq
mahsulotlarni solib ishlov bermang.
•
Mahsulotlarni metall idishda aralashtirish
paytida uchlikning (4) pastki qismiga plastmassa
uchlikni (7) kiydiring, bu sizning idishingizni
tirnaishdan asrab qoladi.
VENCHIKDAN FOYDALANISH
Venchik uchligidan faqat kremni ko’pirtirish,
biskvit xamirni tayyorlash yoki tayyor desertlarni
aralashtirish uchun foydalaning.
OGOHLANTIRISh:
yig’ishdan avval tarmoq
simining vilkasi rozetkaga kiritilmaganligiga
ishonch hosil qiling.
• Uchlikni (12) motorli blokka (3) kiriting, va uni
soat mili yo’nalishida oxirigacha burang.
• Venchikni (13) reduktorning (12) ichiga kiriting.
• Tarmoq vilkasini rozetkaga kiriting..
• Venchikni (13) mahsulotlar solingan idishga
botiring, ishlash tezligini sozlash dastagi bilan
(1) kerakli tezlikni belgilang, tugmani (2) bosing
va ishlash paytida bosib turing.
Diqqat!
Qattiqirni qorish uchun venchikdan (13)
foydalanish taqiqlanadi.
Mahsulotlar idishga asbobning yoqilishidan avval
solinadi. Aralashtirish uchun idishni ortiqcha
to’latib yubormang.
MINI-CHOPPERDAN FOYDALANISH
Mini-chopper go’sht, pishloq, piyoz, xushbo’y
o’tlar, sarimsoq piyoz, sabzi, yong’oq, bodom,
mevalarni tez maydalash uchun mo’ljallangan.
Diqqat: Juda qattiq masalliqlarni, masalan,
muskat yong’oqlari, qahva donalari, g’alla va
muzlatilgan masalliqlarni maydalash taqiqlanadi.
Maydalashni boshlashdan avval:
• Go’shtni, pishloqni, piyozni, sarimsoq piyozni,
sabzini (taxminan kattaligi bir xil) bo’lakchalarga
bo’ling.
•
Ko’katlarning poyalarini olib tashlang,
yong’oqlarni po’stlog’idan tozalang.
• Go’shtdan suyaklarni, paylar va tog’aylarni olib
tashlang.
Maydalash
OGOHLANTIRISH:
Chopperning idishini ortiqcha
to’latib yubormang.
Ehtiyot bo’ling:
pichoqning tig’lari juda o’tkir!
Doimo pichoqni ustki plastmassa uchidan ushlab
turing.
1. Pichoqni (10) chopper idishining o’qi (9) ustiga
o’rnating. Chopper idishi bilan ishlaganda (9)
doimo chopper idishining qopqog’i sifatida
1461.indd 29
1461.indd 29
27.01.2010 11:23:42
27.01.2010 11:23:42