O'zbek
707
Mobil qurilma va uskunalarni ehtiyotkorlik bilan o‘rnating
•
Transport vositangizga o‘rnatilgan barcha mobil qurilma va
moslamalar xavfsiz ravishda montajlanganligiga ishonch hosil qiling.
•
Qurilma va aksessuarlaringizni xavfsizlik yostig‘i ochiladigan joyga
yaqin qo‘ymang. Xavfsizlik yostiqlari to‘satdan ochilgan vaqtda
noto‘g‘ri o‘rnatilgan simsiz moslamalar jiddiy shikast yetkazishi
mumkin.
Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar
yetkazmang
•
Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
•
Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga
zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.
Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida
xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
•
Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular foydalanishga
yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin.
•
Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni
ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
•
Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan
chiqaring.
•
Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.
•
Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun
ushbu qo‘llanmadagi barcha ko‘rsatmalarga amal qiling. Qo‘llanmada
berilgan ogohlantirish va ko‘rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida
kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi
kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.
•
Vaqt o‘tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma’lum bir vaqt
oralig‘ida ba’zi qismlar va ta’mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi,
lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga
kelgan zararlar qoplanmaydi.
Qurilmadan foydalanayotganda quyidagilarni yodda tuting
•
Oddiy telefondagi kabi uni ham tik holatda tuting.
•
Bevosita mikrofonga gapiring.