
Split turidagi konditsioner/Foydalanuvchi qo‘llanmasi
159 / 196 UZ
Muammo
Ehtimoliy sabablar
Tashqi va ichki blokda
shovqin eshitilyapti
Ishlash paytida past shipillash tovushi eshitilmoqda: Bu odatiy hodisa
bo‘lib, xladagent gazining ichki va tashqi blokda oqishi natijasida yuz
beradi.
Tizimni ishga tushirish paytida past shipillash tovushi eshitilyapti, shundan
keyin darrov konditsioner ishlashdan to‘xtayapti yoki muzni erityapti: Bu
odatiy hodisa bo‘lib, xladagent gazning to‘xtashi yoki o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirishi natijasida yuz beradi.
G‘ichirlash tovushi: Konditsioner ishlayotgan paytda harorat o‘zgarishi
natijasida plastik qismlarning me‘yoriy kengayishi yoki qisilishi natijasida
g‘ichirlash tovushi eshitilishi mumkin.
Tashqi blokda shovqin
eshitilyapti
Konditsioner ayni paytdagi ishlash rejimiga qarab har xil tovushlarni
chiqaradi.
Ichki va tashqi blokdan
chang chiqyapti
Konditsioner uzoq muddat ishlatilmaganda chang to‘plashi va u
yoqilganda ushbu chang chiqishi mumkin. Bu muammo bartaraf etish
uchun konditsioner uzoq vaqt ishlatilmaganda uning ustini yopib qo‘ying.
Konditsionerdan noxush
hid anqimoqda
Konditsioner atrofdagi muhitdan (mebeldan, oshxonadan, tamakidan) har
xil islarni yutishi mumkin va ular konditsioner ishlayotgan paytda anqishi
mumkin.
Konditsioner filtrlari mog‘orlagan va tozalanishi lozim.
Tashqi blokdagi
ventilyator ishlamayapti
Konditsioner ishlayotgan paytda uning faoliyatini boshqarish uchun
ventilyatsiya tezligi nazorat qilinadi.
Konditsioner notekis
ishlayapti, uning
ishini oldindan bilib
bo‘lmayapti va u
buyruqlarga javob
bermayapti
Uyali aloqa kompaniyalarining minoralari va masofadagi kuchaytirgichlar
konditsionerning nosoz ishlashiga sabab bo‘lishi mumkin.
Bunday holatda quyidagilarni bajarishga urinib ko‘ring:
• Konditsionerni tokdan uzing va qayta ulang.
• Konditsionerni qayta ishga tushirish uchun ON/OFF (YOQ/O‘CH)
tugmasini bosing.
C
Eslatma:
Agar muammo bartaraf etilmasa, mahalliy diler yoki yaqiningizdagi servis
markazga murojaat qiling. Texnik mutaxassislarga konditsionerdagi nosozlik haqida
batafsil ma‘lumot bering va uning model raqamini ma‘lum qiling.
4
Nosozliklarni bartaraf etish