
72
aeno.com/documents
UZ
AENO EG2
elektr panjarasi turli xil go'sht va baliq ovqatlarini tayyorlash
uchun mo'ljallangan.
Texnik xususiyatlari
Quvvat kuchlanishi: AC220
–
240 V, 50/60 Gtz, quvvat: 2000,0 Vt. Ishlaydigan sirt
hajmi: 290 mm × 233 mm. Ochilish burchagi: 105° va 180°. Zanglamas po'latdan
yasalgan korpus. Kabel uzunligi: 0,8 m.
Yetkazib berilgan mahsulotning to'plami
AENO
grili, yog'ni yig'ib olishga mo'ljallangan taglik, foydalanuvchining tezkor
qo'llanmasi, kafolat taloni.
Cheklovlar va ogohlantirishlar
Bolalar va imkoniyati cheklangan shaxslar grildan faqat kattalar va tajribali
odamlar nazorati ostida foydalanishlari mumkin. Grilni bolalarning qo'llari
yetmaydigan joyda saqlang. Gril ishlayotgan paytda uning yuzasi juda kuchli
qizib ketadi, grilldagi ovqat bug' chiqarishi, yo'g'ni sachratishi mumkin. Grilning
tashqi yuzasini qo'lingiz bilan tegmang, gril bilan ishlaganda issiqdan saqlovchi
qo'lqoplardan foydalaning. Grilni ochiq havoda ishlatmang, uni issiqdan,
to'g'ridan
–
to'g'ri quyosh nurlaridan, ochiq olovdan yoki yuqori namlikdan
uzoqroq joyda saqlang va hech qachon nam qo'llar bilan ushlamang. Grilni
ishlatmaganingizda har doim vilkani rozetkadan chiqarib qo'ying. Moslamani
suvga yoki boshqa suyuqliklarga solmang. Agar gril yoki uning quvvat shnuri
shikastlangan bo'lsa, uni aslo ishlatmang. Moslamani o'zingiz ta'mirlashga
urinmang. Grilingizni har doim issiqqa chidamli poydevorga ega bo'lgan tekis,
qattiq, barqaror yuzaga va yaxshi shamollanib turadigan joyga qo'ying. Agar
gril ichida juda ko'p ovqat bo'lsa va uni yopish qiyin bo'lsa, hech ham kuch
ishlatmang, chunki bu qurilmaga zarar etkazishi mumkin. Yong'in xavfini oldini
olish uchun hech qachon moslama ishlayotgan paytda uni qarovsiz
qoldirmang. Grilni tarmoqqa ulash vaqtida u yopiq holatda bo'lishi kerak.