O'zbek
cha
Televizorni stendga mahkamlash
Ko‘rsatilgan barcha anjomlar mavjudligini tekshiring va stendni ko‘rsatmalarga amal qilgan holda yig‘ing.
Ehtiyot chorasi: Tushib ketmasligi uchun televizorni devorga
mahkamlash
Diqqat
: Televizor tortilsa, itarilsa yoki ustiga chiqilsa, tushib ketishi mumkin. Ayniqsa
bolalar televizorga osilib, qimirlatib qo‘ymasin. Natijada televizor ag‘darilib tushib, jiddiy
jarohat yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Televizor bilan birga kelgan xavfsizlik flayeridagi
barcha ehtiyot choralarini ko‘ring. Qo‘shimcha barqarorlik va xavfsizlik uchun quyidagi
ta’riflangan tushib ketishga qarshi moslamani sotib olib, o‘rnatishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Hech qachon televizorni beqaror joyga joylashtirmang. Televizor tushib ketib,
jiddiy jarohat yoki o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish
bilan ko‘pgina jarohatlarning, ayniqsa bolalarning jarohatlari oldini olish mumkin
• Televizorni ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan korpus yoki stendlardan foydalanish.
• Faqat televizorni xavfsiz ushlab turishi mumkin bo‘lgan mebellardan foydalanish.
• Televizorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganligiga ishonch hosil
qilish.
• Mebel va televizorni turg‘un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib, baland mebellarga
televizorni (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmaslik.
• Televizor va qo‘llab-quvvatlovchi mebel o‘rtasida joylashgan mato yoki boshqa materiallar ustiga
televizorni joylashtirmaslik.
• Bolalarni televizor yoki uning boshqaruv elementlariga yetishi uchun mebel ustiga chiqishning
xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirish.
Agar bu yangi televizor bilan almashtirayotgan televizoringizni ham saqlab qolib, boshqa joyga
ko‘chirayotgan bo‘lsangiz, unga nisbatan ham shu ehtiyot choralarini ko‘ring.
Televizorning tushib ketishi oldini olish
1.
Mos keladigan vintlar yordamida skobkalar to‘plamini devorga
mahkamlang. Vintlar devorga mahkam qotganiga amin bo‘ling.
–
Devorning turiga qarab, anker singari qo‘shimcha materiallar
kerak bo‘lishi mumkin.
2.
Mos o‘lchamli vintlar yordamida skobkalar to‘plamini televizorga
mahkamlang.
–
Vint xarakteristikalarini “Televizorni devorga o‘rnatish” tagidagi
jadvalning standart vintlar qismidan oling.
3.
Televizorga qotirilgan skobkalar bilan devorga qotirilgan skobkalarni
mustahkam, kuchli sim bilan bog‘lang va simni mahkam qotiring.
–
Televizorni orqaga tushib ketmaydigan qilib, devorga yaqin
o‘rnating.
–
Simni ulaganda devorga qotirilgan skobkalar televizorga
qotirilgan skobkalar bilan bir xil balandlikda yoki pastroqda
bo‘lsin.
• Modeliga qarab, jihozning
rangi va shakli farqlanishi
mumkin.
O'zbekcha - 9
Содержание UE43RU7440U
Страница 22: ...Страница намеренно оставлена пустой ...
Страница 105: ...Bu sahifa ataylab bo sh qoldirilgan ...
Страница 106: ...Bu sahifa ataylab bo sh qoldirilgan ...
Страница 107: ...Bu sahifa ataylab bo sh qoldirilgan ...