O'zbek
cha
O'zbekcha - 9
03 TV o‘rnatish
Televizorni devorga o‘rnatish
Agar televizorni devorga o‘rnatsangiz, ishlab chiqaruvchi bergan ko‘rsatmalarga aniq rioya qiling.
To‘g‘ri o‘rnatilmasa, televizor siljishi yoki tushib ketishi natijasida bolalarga yoki kattalarga jiddiy
jarohat yetkazishi va televizorga jiddiy shikast yetishi mumkin.
• Samsung devor kronshteyni bilan birga kelgan o‘rnatish qo‘llanmasiga qarang.
• Televizorni devorga kronshteyn (alohida sotiladi) yordamida o‘rnatish mumkin.
TV
Devorga
mahkamlanadigan
tayanch
C
• Agar devor kronshteynini o‘zingiz o‘rnatishga qaror qilsangiz, mahsulotga shikast yetkazilishiga yoki biror
kishi jarohatlanishiga Samsung Electronics javob bermaydi.
• Kronshteynni mustahkam, polga perpendikulyar joylashgan devorga o‘rnating. Devor kronshteynini
gipsokartondan boshqa yuzaga o‘rnatishdan oldin qo‘shimcha ma’lumot uchun mutaxassisga murojaat
qiling. Agar televizorni shiftda yoki qiya devorda o‘rnatsangiz, tushib ketib, jiddiy jarohat yetkazishi
mumkin.
• Devor kronshteyni uchun standart o‘lchamlar keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan.
• Agar boshqa firmaning devor kronshteynini o‘rnatayotgan bo‘lsangiz, televizorni kronshteynga biriktirishda
ishlatiladigan vintlarning uzunligi keyingi sahifadagi jadvalning C ustunida ko‘rsatilgan.
• Kronshteynni o‘rnatishda to‘rtala VESA (devor kronshteyni) vintlarini qotirishni maslahat beramiz
• Agar faqat tepadagi ikkita vint bilan devorga o‘rnatiladigan kronshteyn o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, shu tarzda
o‘rnatish mumkin bo‘lgan Samsung kronshteynini ishlating. (Geografik joylashuvga bog‘liq ravishda, bu
turdagi kronshteynni xarid qila olmasligingiz mumkin.)
Содержание QE85Q950TSUXCE
Страница 26: ...Страница намеренно оставлена пустой ...
Страница 125: ...Энэ хуудсыг зориудаар хоосон үлдээсэн ...
Страница 126: ...Энэ хуудсыг зориудаар хоосон үлдээсэн ...
Страница 127: ...Энэ хуудсыг зориудаар хоосон үлдээсэн ...