7
Stol ustiga o’rnatish
1 Televizorni ko’taring va uni vertikal holatga keltirgan holda stol ustiga
qo’ying.
•
Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor bilan televizor orasida
(eng kamida) 10 sm masofa qoldiring.
2 Quvvat manbai shnurini rozetkaga ulang.
10 sm
10 sm
10 sm
(Rusumga qarab)
•
Mahsulotni yig’ish paytida burama mix qismlariga begona moddalarni (moylar, moylash materiallari, va hokazolar) qo’llamang.
(Bunday qilish mahsulotga shikast yetkazishi mumkin.)
•
Agar siz televizorni tayanchga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, mahsulotning ag’darilib ketishining oldini olish bo’yicha choralar ko’rishingiz
kerak bo’ladi. Aks holda, televizor tushib ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.
•
Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko’rsatish davomiyligini kafolatlash uchun ruxsatnomaga ega bo’lmagan buyumlardan
foydalanmang.
•
Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan har qanday zarar yoki shikastlanishlar ishlab chiqaruvchi kafolati
orqali qoplanmaydi.
•
Burama mixlarning to’g’ri kiritilganligi va mahkam qotirilganligiga ishonch hosil qiling. (Agar ular yetarli darajada mahkam qotirilmagan
bo’lsa, TV o’rnatilgandan keyin oldinga qulab ketishi mumkin.) Ortiqcha ko’p kuch ishlatmang yoki burama mixlarni ortiqcha qotirib
yubormang; aks holda burama mix shikastlanishi va to’g’ri qotirilmasligi mumkin.
TVni devorga mahkamlash
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan tayanch va boltlarni televizorning orqa paneliga
kiriting va tortib mahkamlang.
•
Agar teshikli boltlar o’rnida boltlar o’rnatilgan bo’lsa, ularni olib tashlang.
2 Tayanchlarni boltlar yordamida devorga o’rnating. Tayanch va televizor orqa panelidagi teshikli
boltlarning joylashuv o’rinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan ulang. Bog’lagich tekis sirtda
gorizontal holatda bo’lishiga ishonch hosil qiling.
•
Televizor mahkam turishi uchun yetarli darajada mustahkam va katta platforma yoki shkafdan
foydalaning.
•
Tayanch moslamalar, boltlar va bog’lagichlar mahsulot bilan birga yetkazib berilmaydi.
Qo’shimcha qurilmalar uchun mahalliy dileringizga murojaat qiling.
(Rusumga qarab)
Содержание MFL71751710
Страница 67: ...23 ...