XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO’YICHA KO’RSATMALAR
y
y
Elektr manbaiga ulash shnurini rozetkaga ulash yoki rozetkadan uzish orqali mah-
sulotni yoqmang/o’chirmang. (Vilkadan yoqish va o’chirish vositasi sifatida foydalan-
mang.) Aks holda, bu mexanik nosozlikka yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
y
y
Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishining oldini olish uchun quyidagi o’rnatish
bo’yicha ko’rsatmalarga amal qiling.
y
- Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo’lishi kerak.
y
- Mahsulotni havo aylanmasi yo’q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy
shkafga) o’rnatmang.
y
- Mahsulotni gilam yoki divan yostig’iga o’rnatmang.
y
- Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to’silib qolmaganligiga
ishonch hosil qiling.
Aks holda, bu yong’in chiqishiga olib kelishi mumkin.
y
y
Uzoq vaqt davomida televizor ko’rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga tegib
ketmaslikka e’tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo’lishi mumkin. Bu
mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta’sir ko’rsatmaydi.
y
y
Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring va agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo
bo’lsa, uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to’xtating va vakolatli texnik xodim yordamida
shnurni xuddi shunday yangi shnur bilan almashtiring.
y
y
Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to’planishiga yo’l qo’ymang.
Bu yong’in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y
y
Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo’yish yoki ustidan
yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta’sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va
qurilmaga shnur ulangan nuqtalarga alohida e’tibor bering.
y
y
Panelni qo’l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o’tkir narsalar bilan qattiq bosmang
yoki uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
y
y
Uzoq vaqt davomida ekranga tegib turish yoki barmog’ingiz/barmoqlaringizni uning
ustiga qo’yib turishdan saqlaning. Aks holda, bunday qilish ekranning vaqtinchalik
yoki butunlay buzilishiga yoki tasvirlarning noto’g’ri namoyishiga olib kelishi mum-
kin.
y
y
Mahsulot yoki uning qismlarini tozalaganda avval uni elektr tarmog’idan uzing va
yumshoq latta bilan arting. Ortiqcha kuch ishlatish tirnalishlarning hosil bo’lishi yoki
asl rangining yo’qolishiga olib kelishi mumkin. Suv bilan tozalamang yoki ho’l latta
bilan artmang. Hech qachon oyna tozalovchilar, avtomobillar uchun yoki sanoatda
qo’llaniladigan yaltiratuvchilar, abraziv materiallar yoki mum, yoqilg’i, spirt kabi-
lardan foydalanmang; bular mahsulot va uning paneliga zarar yetkazishi mumkin.
Aks holda, bu yong’in chiqishi, elektr toki urishi yoki mahsulotga zarar yetishi
(deformatsiyalanishi, chirishi)ga sabab bo’lishi mumkin.
y
y
Ushbu qurilma devordagi o’zgaruvchan tok rozetkasiga ulangan holda bo’lar ekan, hattoki siz ushbu
qurilmani yoqqich/o’chirgichdan o’chirganingizda ham u quvvat manbaidan uzilmaydi.
y
y
Kabelni rozetkadan uzishda vilkani ushlang va vilkadan tortgan holda uni ro-
zetkadan sug’urib oling. Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkadan uzish uchun
shnurdan tortmang, chunki bu xavfli bo’lishi mumkin.
y
y
Mahsulotni siljitishda avval uning o’chirilganligiga ishonch hosil qiling. Keyin elektr
tarmog’iga ulash kabellari, antenna kabellari va barcha ulovchi kabellarni uzing.Tel-
evizor yoki quvvat manbaiga ulash shnuriga zarar yetishi mumkin, bu esa yong’in
chiqishi xavfini vujudga keltirishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
8
ENG
O’ZBEKCHA