
170 / 196 UZ
Split turidagi konditsioner/Foydalanuvchi qo‘llanmasi
To‘G‘Ri
To‘g‘ri drenajni ta‘minlash uchun
drenaj shlangida burma yoki
kovak bo‘lmasligiga ishonch
hosil qiling.
To‘G‘Ri Emas
Drenaj shlangidagi burmalar
suv to‘planishini hosil qiladi.
To‘G‘Ri Emas
Drenaj shlangidagi burmalar
suv to‘planishini hosil qiladi.
To‘G‘Ri Emas
Oqava shlangining uchini
suv yoki suv to‘playdigan
idishlarga qo‘ymang. Bu to‘g‘ri
oqishga xalaqit beradi.
Ishlatilmaydigan drenaj teshigini yoping
Keraksiz sizib chiqishlarning oldini olish uchun
ishlatilmaydigan drenaj teshigini berilgan rezina
tiqin bilan berkitishingiz kerak.
Har qanday elektr ishlarini bajarishdan oldin bu
tartiblarni o‘qib chiqing.
1. Barcha simlar mahalliy va milliy kodlar,
tartiblarga mos kelishi kerak va litsenziyali
elektrik tomonidan o‘rnatilishi kerak.
2. Barcha elektr ulanishlar ichki va tashqi
bloklarning panellarida joylashgan Elektr
ulanishlari diagrammasiga mos kelishi kerak.
3. Agar elektr toki bilan jiddiy xavfsizlik muammosi
bo‘lsa, zudlik bilan ishni to‘xtating. Mijozga
fikrlaringizni izohlang va xavfsizlik muammosi
tegishli tartibda hal etilmagunicha blokni
o‘rnatishdan bosh torting.
4. Elektr toki kuchlanishi nominal kuchlanishning
90-110% doirasida bo‘lishi kerak. Yetarli
bo‘lmagan elektr toki yaxshi ishlamaslik, elektr
toki urishi yoki yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.
5. Muqim simlarga quvvatni ulashda,
kuchlanishdan himoyalanish qurilmasi va quvvat
kaliti o‘rnatilishi kerak.
6. Elektrni turg‘un simga ulayotganda, o‘zgartirgich
yoki avtomatik o‘chirgich barcha qutblarni uzishi
va turg‘un simga kamida 1/8 dyuym (3 mm)
masofada joylashgan bo‘lishi kerak. Malakali
texnik tasdiqlangan avtomatik o‘chirgich yoki
o‘zgartirgichdan foydalanishi kerak.
7. Blokni alohida tarmoq zanjirli rozetkaga ulang.
Boshqa jihozni bu rozetkaga ulamang.
8. Konditsionerni yerga to‘g‘ri ulaganingizga
ishonch hosil qiling.
9. Har bir sim mahkam ulanishi kerak. Bo‘sh sim
klemmaning qizib ketishi, mahsulotning ishdan
chiqishi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.
10. Simlar sovituvchi quvurlari, kompressor
yoki blokning ichidagi boshqa har qanday
harakatlanuvchi qismlarga tegishiga imkon
bermang.
11. Agar blokning yordamchi elektr isitgichi bo‘lsa,
u har qanday yonuvchan materiallardan 1 metr
(40 dyuym) uzoqda o‘rnatilishi kerak.
12. Tok urishining oldini olish uchun quvvat
ta‘minoti yoqilganidan keyin elektr qimslarga
hech qachon tegmang. Quvvatdan uzgandan
keyin elektr qismlarga tegishdan oldin har doim
10 daqiqa yoki undan ko‘proq kuting.
8
Ichki blokni o‘rnatish
Содержание BBFDA 070
Страница 2: ...CONTENTS ENGLISH 3 60 РУССКИЙ 61 134 O ZBEK 135 196 V2111003 AG UM ...
Страница 195: ......
Страница 196: ...www beko com Arcelik A S Karaagac Cd No 2 6 34445 Sutluce Beyoglu Istanbul Turkey ...