1
Ўзбек
Meteostantsiya VT-6405
Buyumni ulash, undan foydalanish va uni sozlashdan avval ushbu yo’riqnomani
diqqat bilan o’qib chiqing. Bu qo’llanmada keltirilgan buyumdan foydalanish
yuzasidan barcha ogohlantirishlarga va tavsiyalarga amal qilish lozim.
Bu qo’llanmani saqlab qoling, keyinchalik undan ma’lumot uchun materiallar
sifatida foydalaning.
DIQQAT!
Elektr tok zarbasining xavfi bor!
OCHILMASIN!
Ogohlantirish: Yong’in yoki elektr tokning zarbasiga uchramaslik uchun buyumni
yomg’ir yoki namlik ta’sirida qoldirmang. Elektr zarbasiga uchramaslik uchun
buyumning korpusini o’zingiz mustaqil ochmang.
Servis xizmat ko’rsatishni faqat servis markazlarining malakali mutaxassislari
amalga oshirishi lozim.
Teng tomonli uchburchak ichidagi yashin belgisi foydalanuvchiga
buyum ichidagi xavfli kuchlanish borligini ko’rsatadi, u elektr
tokining zarbasi tufayli shikastlanishga olib kelishi mumkin.
Teng tomonli uchburchak ichidagi undov belgisi foydalanuvchiga
buyumdan foydalanish yo’riqnomasida foydalanish va texnik
xizmat ko’rsatish yuzasidan muhim tavsiyalar borligini ko’rsatadi.
EHTIYOT CHORALARI
1. Buyumlar bilan ishlashni boshlashdan avval foydalanish bo’yicha
yo’riqnomani diqqat bilan o’qib chiqing.
2. Buyumlarni suvga botirmang.
3. Buyumlarni abraziv moddalar bilan hamda buyumning korpusi va ichki
qismlarining shikastlanishlariga olib keladigan moddalar bilan tozalamang.
4. Moslamalarni zarbalar ta’sirida qoldirmang (chang va namlik ham ta’sir etishi
mumkin emas), chunki bu nosozliklarning paydo bo’lishiga, buyumlarning
xizmat qilish muddatlari qisqarishiga, batareykalarning shikastlanishiga va
korpus detallarining shakli o’zgarib ketishiga olib kelishi mumkin.
5. Agar Siz buyumni sindirsangiz, bu kafolatning bekor qilinishiga olib keladi.
Buyumning ichida foydalanuvchining e’tibor berishini talab etadigan detallar
yo’q.
6. Faqat yangi batareykalardan va aynan foydalanish yo’riqnomasida
ko’rsatilgan batareykalardan foydalaning. Bir vaqtning o’zida yangi va eski
6405IM.indd 41
12.11.2008 11:21:14