- O'zbekcha 110 -
- O'zbekcha 111 -
O'zbek
cha
•
Kronshteynning tayanch ramasini o‘rnatish yoki bo‘shatib olishda 2 kishi ishlasin, televizor o‘chirib qo‘yilsin.
•
Kronshteynni o‘rnatishda tekis stoldan foydalaning. Egri televizorlar uchun o‘rama materiali (yostiq) ishlating.
Tekis TV
Egri TV
•
Kronshteynni faqat televizordan katta va egilmagan devorga o‘rnating. O‘rnatgandan so‘ng televizor qoplamasi yoki
quyisidagi birikmasi devorga tegishi kerak. Aks holda kronshteyn o‘rnatilmasligi kerak.
Televizordan katta devor
(O‘rnatish mumkin)
Egilgan devor
(O‘rnatib bo‘lmaydi)
Kronshteyndan kichkina devor
(O‘rnatib bo‘lmaydi)
•
Televizorni devorga o‘rnatishdan oldin unga elektr kabeli va One Connect kabelini ulang.
•
Agar devorga o‘rnatilgan TV bilan elektr rozetkaning orasi 1,5 metrdan uzoq bo‘lsa, to‘plamdagi 3 metrlik elektr
kabelini ishlating.
•
Kronshteynni o‘rnatish / yechib olishda optik kabelni shikastlab qo‘ymang. Ayniqsa optik kabelning ustidan
bosmang.
•
Televizorni tayanch ramasiga mahkamlash uchun buragichdan foydalaning. Elektr buragich ishlatilsa, rezba yeyilib
ketishi mumkin.
•
Devorning yuzasi yoki o‘rnatish sharoitiga qarab, TV bilan devor orasidagi minimal masofa 2-3 mm bo‘lishi mumkin.
•
Devor hamda o‘rnatish sharoitlariga qarab, devor bilan televizorning chap yoki o‘ng tomoni orasidagi masofa
farqlanishi mumkin.
•
Kronshteynni o‘rnatayotganda agar televizor devorga juda yaqin bo‘lsa, televizorning orqasi yoki devor tirnalishi
mumkin.
•
Kronshteynni o‘rnatishda uni ochish uchun kuch ishlatish kerak. Ochayotganda o‘zingizga jarohat yetkazmang. (Egik
turadigan kronshteynlarni ochish qiyin, chunki ular televizorning og‘irligiga bardosh berishi kerak.)