Televizorni ehtiyot qilish
• Agar TV ekraniga nakleyka yopishtirilgan bo‘lsa, olib
tashlanganidan keyin izi qolib ketishi mumkin. Tomoshadan oldin
izini artib tashlang.
• Tozalash paytida TV sirti va ekrani tirnalishi mumkin.
Tirnalmasligi uchun sirtini va ekranini yumshoq sochiq bilan
ehtiyot bo‘lib arting.
• TV ustiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri suv yoki boshqa suyuqlik sepmang.
Jihoz ichiga suyuqlik kirsa, ishdan chiqishi, yong‘in chiqarishi yoki
tok urishi mumkin.
• Ekranni tozalash uchun televizorni o‘chiring, keyin paneldagi
dog‘lar va barmoq izlarini mikrotolali sochiq bilan ohista artib
tashlang. TV korpusi yoki panelini ozgina suv bilan namlangan
mikrotolali sochiq bilan tozalang. Keyin quruq sochiq bilan
namlikni artib oling. Tozalash paytida panel sirtini qattiq
bosmang, shikastlanishi mumkin. Hech qachon yonuvchi
suyuqlik (benzol, suyultirgich va hokazo) yoki tozalash moddasi
ishlatmang. Qotib qolgan dog‘larni ketkazishda mikrotolali
sochiqga ozgina ekranni tozalash moddasini sepib, keyin sochiq
bilan dog‘larni artib tashlang.
O'zbekcha - 18