O'zbek
cha
Ogohlantirish! Xavfsizlikka oid muhim
ko‘rsatmalar
Televizordan foydalanishdan oldin xavfsizlik ko‘rsatmalarini o‘qib chiqing.
DIQQAT
II-sinf jihozi: Bu belgi xavfsizlik yuzasidan
yerga ulash majburiy emasligini bildiradi.
TOK URISHI XAVFI MAVJUD. OCHMANG.
DIQQAT: TOK URMASLIGI UCHUN QOPQOQNI (YOKI ORQA
QISMINI) OCHMANG. ICHIDA FOYDALANUVCHI TA’MIRLAY
OLADIGAN QISMLAR YO‘Q. BARCHA TURDAGI XIZMATNI
MALAKALI XODIMLARGA TOPSHIRING.
O‘zgaruvchan tok kuchlanishi: Bu belgi
qo‘yilgan nominal kuchlanish o‘zgaruvchan
tok kuchlanishidir.
Bu belgi jihoz ichida yuqori kuchlanish
borligini bildiradi. Bu jihozning har qanday
ichki qismiga teginish xavflidir.
Doimiy kuchlanish: Bu belgi qo‘yilgan
nominal kuchlanish doimiy tok
kuchlanishidir.
Bu belgi jihozda ishlatish va profilaktikaga
oid muhim hujjatlar borligini bildiradi.
Diqqat. Foydalanish yo‘riqnomasiga qarang:
Bu belgi xavfsizlikka oid batafsil ma’lumot
uchun foydalanuvchi qo‘llanmasiga qarash
kerakligini bildiradi.
• Korpusdagi, orqa yoki pastdagi uyalar va tirqishlar havo aylanishi uchun mo‘ljallangan. Jihoz barqaror
ishlashi va qizib ketmasligi uchun bu uyalar va tirqishlarni hech qachon to‘sib yoki yopib qo‘ymang.
–
Havo aylanishi ta’minlanmagan bo‘lsa, jihozni kitob javoni yoki ichki shkaf kabi tor joylarga qo‘ymang.
–
Jihozni radiator yoki isitkich yaqiniga yoki ustiga qo‘ymang, oftob tushadigan joyga ham qo‘ymang.
–
Jihoz ustiga suv solingan idish (vaza va hokazo) qo‘ymang, chunki yong‘in chiqishi yoki tok urishi
mumkin.
• Jihozni yomg‘irda yoki suvga yaqin joylarda (vanna, unitaz, rakovina, kir yuvish tog‘ora kabilar yaqinida, nam
yerto‘lada yoki hovuzlar yaqinida va hokazo) qoldirmang. Agar jihoz bexosdan ho‘l bo‘lsa, tokdan sug‘uring
va darhol vakolatli dilerga murojaat qiling.
• Jihozda batareya ishlatiladi. Siz yashayotgan hududda bu batareyalarni tegishli tarzda chiqitga chiqarishga
oid qoidalar qabul qilingan bo‘lishi mumkin. Chiqitga chiqarish yoki qayta ishlash yuzasidan ma’lumot
uchun mahalliy idoralarga murojaat qiling.
• Rozetka, uzaytirgich simlar yoki adapterlarni sig‘imidan ortiq yuklab yubormang, chunki natijada yong‘in
chiqishi yoki tok urishi mumkin.
• Elektr ta’minoti simlari shunday joylashtirilsinki, ularning ustidan yurilmasin yoki buyum qo‘yilmasin.
Simning oxirgi va televizorga ulangan bosh qismiga alohida e’tibor bering.
O'zbekcha - 3