8
Devorga montajlash
Devorga o’rnatiladigan tayanchni televizorning orqa tarafiga ehtiyotlik
bilan mahkamlang va uni mustahkam devorga polga perpendikulyar
holda o’rnating. Televizorni boshqa qurilish mollariga biriktirishda malakali
xodimga murojaat qiling. LG devorga o’rnatishni malakali mutaxassis
tomonidan amalga oshirilishini tavsiya qiladi. Biz LGning devorga o’rnatish
kronshteynidan foydalanishni tavsiya qilamiz. LG-ning devorga o’rnatish
kronshteynini ulangan kabellar bilan joyini o’zgartirish osondir. Iltimos,
LGning devorga o’rnatish kronshteynidan foydalanilmagan holatlarda,
tashqi qurilmalarga ulanish uchun yetarlicha joy bilan ta’minlangan va
devorga mahkam qotirilgan devor kronshteynidan foydalaning. Qotirilgan
devorga o’rnatish kronshteynini o’rnatishdan oldin barcha kabellarni ulash
tavsiya qilinadi.
10 sm
10 sm
10 sm
10 sm
(Rusumga qarab)
•
Televizorni devorga o’rnatishdan avval tayanchni mahkamlash harakatlarini teskari tartibda bajargan holda tayanchi televizordan
ajratib oling.
•
Vint va devorga montajlash konstruksiyasi haqida batafsil ma’lumot olish uchun Alohida xaridga qarang.
•
Agar siz mahsulotni devorga o’rnatmoqchi bo’lsangiz, VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish Uyushmasi) standartiga mos
keladigan o’rnatish interfeysini (ixtiyoriy qismlarni) mahsulotning orqa tarafiga mahkamlang. Televizorni devorga mahkamlanadigan
tayanchdan (ixtiyoriy qismlardan) foydalangan holda o’rnatishda uning tushib ketmasligi uchun tayanchni mustahkam qotiring.
•
TVni devorga montajlash vaqtida elektr va signal kabellarini TVning orqasidan osilib turadigan qilib osmang.
•
Agar ushbu mahsulot moy yoki moyli tuman ta’siriga uchrashi mumkin bo’lsa, uni devorga o’rnatmang. Bu mahsulotni buzishi va
uning tushib ketishiga sabab bo’lishi mumkin.
•
Devorga osayotganda aksessuar kabel ushlagichidan
foydalaning. (Faqat OLED48/55/65/77/83C1*)
(Rusumga qarab)
Summary of Contents for MFL71751710
Page 67: ...23 ...