47
NOSOZLIKLARNI BARTARAF ETISH
O
ʻ
ZBEK
CHA
Kondensatsiyalanish va muzlash
Alomatlari
Mumkin bo'lgan sababi va yechimi
Jihoz ichida yoki
sabzavotlar tortmasi
qopqog‘ida suv
to‘planib qolgan.
Issiq ovqatni sovitmay jihozga qo‘ydingizmi?
• Issiq ovqatni sovutgich yoki muzlatgich ichiga qo‘yishdan oldin uni
soviting.
Jihoz eshigini ochiq qoldirdingizmi?
• Garchi jihoz eshigi yopilishi bilan tez orada bu to‘planib qolgan suv yo‘qolib
ketsa-da, u suvni quruq latta bilan artib tashlashingiz ham mumkin.
Jihoz eshigini juda ko‘p ochib yopdingizmi?
• Bu suv kondensati tashqaridagi harorat bilan farq sabab ham yuzaga
kelishi mumkin. Namlikni quruq latta bilan artib tashlang.
Siz issiq yoki nam ovqatning og‘zini yopmay jihoz ichiga qo‘ydingizmi?
• Oziq-ovqat mahsulotlarini qopqoqli yoki jips yopilgan idishlarda saqlang.
Muzlatgich bo‘lmasida
muzlar paydo bo‘ldi.
Eshiklar yaxshi yopilmagan bo‘lishi mumkin.
• Jihoz ichidagi biror oziq-ovqat mahsuloti eshik yopilishiga xalaqit
qilmayotganligini tekshiring va eshiklar jips yopilganiga ishonch hosil
qiling.
Issiq ovqatni sovitmay jihozga qo‘ydingizmi?
• Issiq ovqatni sovutgich yoki muzlatgich bo‘lmasiga qo‘yishdan oldin uni
soviting.
Muzlatgich bo‘lmasiga kiradigan havoning kirish yoki chiqish yo‘li
to‘silganmi?
• Havoning kirish yoki chiqish joyi yopilib qolmaganiga ishonch hosil qiling,
chunki jihoz ichida havo aylanishi lozim.
Muzlatgich bo‘lmasiga haddan ziyod mahsulotlar qo‘yilganmi?
• Mahsulotlari orasida tegishlicha bo‘sh joy bo‘lishini ta’minlang.
Jihozning ichida yoki
tashqarisida muz yo
suv kondensati hosil
bo‘ldi.
Jihoz eshigini tez-tez ochib yopdingizmi yoki jihoz eshigi nobop
yopilganmi?
• Agar tashqaridagi havo jihoz ichiga kiradigan bo‘lsa muz yo suv kondensati
hosil bo‘lishi mumkin.
Jihoz o‘rnatilgan muhitning havo namligi yuqorimi?
• Agar jihoz o‘rnatilgan joyda havo namligi o‘ta yuqori bo‘lsa yoki yomg‘ir
sabab havo namligi yuqori bo‘lgan kun bo‘lsa, jihoz tashqi tarafida suv
kondensati paydo bo‘lishi mumkin. Har qanday namlikni quruq latta bilan
artib tashlang.
uz_main.book.book Page 47 Monday, August 23, 2021 4:15 PM
Summary of Contents for GC-L257CBEC
Page 50: ...Memo global_main book book Page 50 Monday August 23 2021 4 11 PM ...
Page 158: ...Еске салу kk_main book book Page 54 Monday August 23 2021 4 19 PM ...
Page 209: ...Izoh uz_main book book Page 51 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Page 210: ...Izoh uz_main book book Page 52 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Page 211: ...Izoh uz_main book book Page 53 Monday August 23 2021 4 15 PM ...
Page 212: ...ru_main book book Page 55 Monday August 23 2021 4 22 PM ...