O’RNATISH
89
1. Yaxshi joyni tanlang
Qurilmangiz uchun undan foydalanish oson
bo’ladigan joyni tanlang.
2. Qurilmani issiqlik manbalari yonida,
to’g’ridan-to’g’ri quyosh nurlari ostida yoki
nam joylarga o’rnatmang.
3. Muzlatgich atrofida yetarli darajada havo
almashishiga ishonch hosil qilish uchun
hamma tomonlarida hamda yuqorida
yetarlicha bo’sh joy bo’lishini ta’minlang va
orqa devor bilan orasida kamida 2 dyuym
(5 sm) masofa qoldiring.
4. Tebranishlarning oldini olish uchun
muzlatgich tekis o’rnatilishi kerak.
Zarur hollarda polning notekisligini qoplash
uchun tekislash vintlarini sozlang.
Eshikning ochilishiga yordam berishi uchun
old tomon orqaga qaraganda biroz baland
bo’lishi lozim. Kabinetni bir oz og’dirish orqali
tekislash vintlarni osongina burash mumkin.
Qurilmani ko’tarish uchun tekislash vintlarni
soat strelkasi yo’nalishida(
), pasaytirish
uchun soat strelkasiga qarama-qarshi(
)
yo’nalishda aylantiring.
KEYINGISI
1. Muzlatgichni tozalang va tashish vaqtida
to’plangan changlarni artib tashlang.
2. Muz kublari qutisi, bug’lantiruvchi patnir
qopqog’I kabi yordamchi jihozlarni o’zlarining
joyiga o’rnating. Ular tashish vaqtida
shikastlanishlarning oldini olish uchun
birgalikda qadoqlangan.
3. Elektr tarmog’iga ulash kabeli vilkasini
rozetkaga ulang (yoki tiqing). Muzlatgich
ulangan rozetkaga boshqa qurilmalarni
ulamang.
4. Taomlarni solishdan avval muzlatgichingini 2
yoki 3 soat qoldiring.
To’g’ri sovutilayotganligiga ishonch hosil qilish
uchun muzlatish kamerasi bo’lmasidagi havo
oqimini tekshiring.
Endi muzlatgich foydalanish uchun tayyor.
USHBU MUZLATGICH JUDA PUXTALIK BILAN ISHLAB CHIQARILGAN VA SO’NGGI
TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANADI.
BIZ UNING ISHLASHI VA ISHONCHLILIGIDAN TO’LIQ QANOATLANISHINGIZGA
ISHONAMIZ.
MUZLATGICHNI ISHGA TUSHIRISHDAN AVVAL USHBU QO’LLANMANI DIQQAT BILAN
O’QIB CHIQING.
UNDA O’RNATISH, ISHLATISH VA TEXNIK KO’RSATISH TO’G’RISIDAGI ANIQ
KO’RSATMALAR HAMDA AYRIM FOYDALI MASLAHATLAR BERILADI.