O'zbek
cha
O'zbekcha - 11
Ehtiyot chorasi: Tushib ketmasligi uchun televizorni devorga
mahkamlash
Diqqat
: Televizor tortilsa, itarilsa yoki ustiga chiqilsa, tushib ketishi mumkin. Ayniqsa
bolalar televizorga osilib, qimirlatib qo‘ymasin. Natijada televizor ag‘darilib tushib, jiddiy
jarohat yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Televizor bilan birga kelgan xavfsizlik flayeridagi
barcha ehtiyot choralarini ko‘ring. Qo‘shimcha barqarorlik va xavfsizlik uchun keyingi
sahifada ta’riflangan tushib ketishga qarshi moslamani sotib olib, o‘rnatishingiz mumkin.
OGOHLANTIRISH
: Hech qachon televizorni beqaror joyga joylashtirmang. Televizor tushib ketib,
jiddiy jarohat yoki o‘limga sabab bo‘lishi mumkin. Quyidagi kabi oddiy ehtiyot choralarini ko‘rish
bilan ko‘pgina jarohatlarning, ayniqsa bolalarning jarohatlari oldini olish mumkin
• Doim televizorni ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya qilingan korpus yoki taglik yoki
mahkamlash usullaridan foydalaning.
• Doim televizorni xavfsiz ushlab turishi mumkin bo‘lgan mebellardan foydalaning.
• Doim televizorning ushlab turuvchi mebel qirrasidan ortiqcha osilib turmaganiga ishonch hosil
qiling.
• Doim bolalarni televizor yoki uning boshqaruv elementlariga yetishi uchun mebel ustiga
chiqishning xavfli ekani to‘g‘risida ogohlantiring.
• Doim televizorga ulangan simlar va kabellarni shunday tortingki, ularga qoqilib ketish, tortish
yoki ushlash mumkin bo‘lmasin.
• Hech qachon televizorni beqaror joyga joylashtirmang.
• Hech qachon mebel va televizorni turg‘un tayanchga anker boltlar bilan qotirmasdan turib,
baland mebellarga televizorni (masalan, shkaf yoki kitob javoni) joylashtirmang.
• Hech qachon televizor va qo‘llab-quvvatlovchi mebel o‘rtasida joylashgan mato yoki boshqa
materiallar ustiga televizorni joylashtirmang.
• O‘yinchoq yoki pult kabi narsalarni televizor yoki u joylashgan mebel ustiga qo‘ymang, bolalar
osilib chiqishi mumkin.
Agar mavjud televizor qoldirilib, boshqa joyga ko‘chiriladigan bo‘lsa, yuqoridagilarga amal qiling.
•
Q950
seriyasidagi modellar uchun taglikdagi displey ozgina orqaga egilgan bo‘lib, uning
burchagini rostlab bo‘lmaydi.
• Qurilish ostida biror bir ashyo joylashtirilgan bo'lsa yoki pol qiya bo'lsa, mahsulot og'ishi va
uning buzilishi yoki atrofdagi odamlarning shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.